Oçiltoş opa hozirgi vaqtda Samarqand viloyati Past Darğom tumanidagi boquvçisini yöqotgan, çin yetim va oğir vaziyatga tuşib qolgan ayollarga möljallab qurilgan uylarda yaşaydi. Bu uy unga tekinga qurib berilgan. U şu kunlarga kelguniça ham irodasi ming sinovlardan ötgani, har bir kuni tuganmas azobdek tuyulgani, biroq özini, ayollik şa'nini yöqotmaganini aytadi.
«Onam ham yoşlikdan yetim qolgan. Kamiga turmuş qurgaç otam hayotni erta tark etgan. Şundan söng rahmatli otamning qarindoşlari uyiga ham siğmaganmiz. Onamning ikki oyoqlari umuman işlamay qoldi. Keyinçalik bir neça yil toğamning uyida yaşadik, voyaga yetmasimdan onam ham vafot etdi.
Qarindoşlarim meni turmuşga uzatişdi. Ammo ota-onasiz, aka-uka yoki jigaringiz bölmasa sizni hamma ham hurmat qilavermas ekan. Ortimdan boradigan odam bölmadi, kambağal va noçorligim sababli qizim va öğlim bilan köçada qoldim. Onamning taqdiri takrorlandi», — deydi ayol.

Şundan söng Oçiltoş opaning sargardonlik yillari boşlanadi. Özi yetimlikda tortgan maşaqqati, onasini erta yöqotib qiynalganlaridan xulosa qiladi. Irodali, maşaqqatli bölişga intiladi. Kiçik-kiçik oşxonalarda işlaydi, mardikorçilik qiladi, odamlar bergan bir burda non uçun bölsa ham işlaydi. Ön yildan oşiq vaqt goh ijara uylarda, goh bekatlarda, yertölalarda, oşxonalarda farzandlari bilan yaşab yuradi.
«Heç qaçon qizimni özimdan uzoqlaştirmadim. Taqdiridan xavotir oldim», — deydi u.


Oçiltoş opaning aytişiça, ba'zan ijaraga tölaş uçun pulning özi bölmagan. Şu sababli köçada qolib ketgan kunlari köp bölgan. Avtobuslar ötib ketaverardi. Eng oxirgi avtobuslar qayerga olib ketaylik, deb söraşsa ham indamasdi u. Boradigan joyi yöq edi. Köçada maşinalar siyraklaşgaç oç-nahor bekatda uxlaşga majbur bölgan. Dunyo egasiz emas, bunday vaqtlarda özining ta'biri bilan aytganda, uni PPX olib ketardi.
«Ayol «melisalar» beradigan non-çoy bilan kun körgan vaqtlarimiz bölgan», deydi ayol.
U kambağallik va muhtojlik sababli maktabni bitira olmagan. Tabiiyki, oliy ma'lumot, tayinli iş joyi haqida gap ham bölişi mumkin emas. Şu sababli kimningdir uyida, ayollar mardikor bozorida, arzon çoyxonalarda işlab yurişga majbur bölgan. Şunga ham şukr qilgan (Ayolning oğzidan şu söz tuşmaydi). Bu vaziyatda uning qaçondir uy sotib olişi bu haqiqatan ham özi aytgandek tuş, xayol edi.














