Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyati Yangiobod tumanidagi 2-son davlat maktabgaça ta'lim taşkiloti tarbiyalanuvçisi bölgan qizçaning vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat Maktabgaça ta'lim boşqarmasi mazkur xabar yuzasidan munosabat bildirdi.
Munosabatda yozilişiça, 2021 yil 30 iyun kuni 2015 yilda tuğilgan 6 yoşli tarbiyalanuvçi D.Röziboyeva Yangiobod tumanidagi 2-son davlat maktabgaça ta'lim taşkilotiga yaxşi holatda kelgan. Şifokor G.Nasriddinova tomonidan tibbiy tekşiruvdan ötkazilgandan keyin tarbiyaçi U.Rahmonberdiyeva va yordamçi tarbiyaçi G.Örinboyeva tarbiyalanuvçini qabul qilib olgan.
Tuşlikdan söng tarbiyaçilar tomonidan bolalarga soğlomlaştiruvçi badantarbiya maşğulotlari ötkazilib, ular uyquga yotqizilgan. Şu kuni soat taxminan 14:30lar atrofida yordamçi tarbiyaçi G.Örinboyeva tomonidan bolalar uyqudan uyğotilganda tarbiyalanuvçi D.Röziboyeva bezovtalanayotgani va burni qonayotgani ma'lum bölgan. Tarbiyaçi şu zahoti tez tibbiy yordamga murojaat qilgan va bu haqda tuman maktabgaça ta'lim bölimiga xabar berilgan. Körsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan tarbiyalanuvçi D.Röziboyeva öşa kuni vafot etgan.
Qayd etilişiça, holat yuzasidan Yangiobod tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari ötkazilgan. D.Röziboyeva vafoti yuzasidan töplangan hujjatlar Jinoyat protsessual kodeksining 83-moddasi 2-qismi bilan jinoiy iş qözğatiliş rad etilgan.











