Portugaliyalik hujumçi Kriştianu Ronaldu «Yuventus»ni tark etdi. Ijtimoiy tarmoqda u xususiy samolyotda Turindagi aeroportdan uçib ketgani aks etgan video tarqaldi.

Futbolçi öz agenti Jorjye Mendeş bilan öz kelajagini muhokama qilmoqda. Şu vaqtgaça uning keyingi jamoasi «Mançester Siti» bölişi haqida aytilayotgandi. Endi Mançesterning ikkinçi jamoasi Ronalduni qaytariş payiga tuşgan. Yaqin soatlar içida uning keyingi jamoasi nomi ma'lum böladi. 

Allegri tasdiqladi

«Yuventus» boş murabbiyi Massimiliano Allegri Ronalduning klubni tark etiş haqidagi qarori yuzasidan munosabat bildirdi.

«Keça Kriştianu Ronaldu menga ortiq «Yuventus»da öynamoqçi emasligini aytdi. Şu tufayli u ertangi öyinga çaqirilmadi. Undan xafa emasman. U ketişni istadi, bu uning tanlovi. U öziga yangi klub izlamoqda, «Yuve»dagi uç yillik faoliyati uçun unga minnatdorçilik bildirişimiz kerak. Hayot şunday», degan Allegri.

Portugaliyalik futbolçi «Yuventus»ga 2018 yilda «Real»dan kelgandi. U klub safida ikki bor A Seriyada ğolib çiqdi, ikki marta Italiya Superkubogini qölga kiritdi, şuningdek, Italiya Kubogi sohibiga aylandi.

Gvardiola hali heç narsa hal bölmaganini aytdi

«Mançester Siti» ustozi Pep Gvardiola Ronaldu uning klubiga kelişi haqidagi xabarlar yuzasidan izoh berdi.

«Kriştianu qayerda öynaşni özi hal qiladigan kam sonli futbolçilardan, buni na men va na «Mançester Siti» hal qiladi.

Ronaldu va Messi aql bovar qilmas futbolçilar. Ular sönggi 20-30 yillikning eng zör futbolçilari», dedi u.

Bungaça Ronaldu «Man Siti»ga kelişi, inglizlar klubi unga 2 yillik şartnoma taklif etişi, «Yuventus» uşbu transferdan 25-30 mln yevro işlab olişi haqida xabarlar berilgandi.

Ole sobiq jamoadoşini hamkorlikka çorladi

«Mançester Yunayted» boş murabbiyi Ole-Gunnar Sulşer Kriştianu Ronalduning kelajagi borasidagi vaziyatga aralaşdi.

«Biz hamişa yaqin muloqotda bölib kelganmiz. Brunu Fernandeş ham u bilan gaplaşib turadi. Ronaldu biz unga yaqin ekanimizni his qiladi. Agar u «Yuventus»dan ketayotgan bölsa, bilsinki, biz şu yerdamiz.

Kriştianu - klubimiz afsonasi. Fikrimça, u «Mançester Yunayted»da öynagan tarixdagi eng zör futbolçi. Omadim kelib u bilan birga töp surganman. Men uni şuğullantirganman ham. Köramiz, nima bölarkin», dedi norvegiyalik mutaxassis.