COVID-19 kasalligini çaqiruvçi SARS-CoV-2 koronavirusi har haftada mutatsiyaga uçraydi. Bu haqda Buyuk Britaniyadagi Bat va Edinburg universitetlari genetiklari ötkazgan tadqiqot xulosasida aytilmoqda.
Tadqiqot mualliflarining yozişiça, koronavirusni örgangan köpçilik yangi ştammlarning paydo böliş tezligini baholaşda köplab mutatsiyalarni sezmagan. Ularning fikriça, köpinça yuz bergan mutatsiya virusning öziga zarar yetkazib, uning yaşaş imkoniyatini pasaytiruvçi «salbiy seleksiya» namunalari e'tibordan qoçirilgan. Ta'kidlanişiça, aksariyat olimlar diqqatlarini yangi ştamm avvalgisidan kuçliroq imkoniyatga ega bölgan ijobiy seleksiya namunalariga qaratgan.
Tadqiqotda agar inson SOVID-19 bilan bir neça haftadan ziyod oğrisa, virus uning organizmida mutatsiyaga uçraşi isbotlandi, dedi tadqiqot mualliflaridan biri professor Lorens Herst.
U koronavirusning alfa ştammi uzoq vaqt davolangan inson tanasida paydo bölganini eslatib ötdi. Ta'kidlanişiça, bu COVID-19ning oğir şakliga çalinganlar izolyatsiyada bölişi zarurligini tasdiqlaydi.
Tadqiqot Bat universitetidagi Milner evolyutsiya markazi va Edinburg universitetidagi tibbiy tadqiqotlar kengaşining inson irsiyati bölimi xodimlari tomonidan ötkazilgan.













