Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Islom taraqqiyot banki bilan 6ta yangi investitsiya loyihasini amalga oshiradi
Joriy yilning 30 avgust kuni O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umrzoqov Islom taraqqiyot banki (ITB) prezidenti Muhammad Sulaymon al-Jassir bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv chog‘ida hamkorlikning bugungi holati, qo‘shma loyihalar amalga oshirilishi, shuningdek, O‘zbekiston va ITB o‘rtasidagi munosabatlarni chuqurlashtirish istiqbollari muhokama qilindi.
Kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash, ta'lim, infratuzilmaviy qurilish, sog‘liqni saqlash va qishloq joylarda hayot sifatini yaxshilash sohalarida 6ta yangi investitsiya loyihasini kelishish borasida ishlarni faollashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi, Xalqaro Islom savdo-moliya korporatsiyasi hamda Investitsiyalar va eksport kreditlarini sug‘urtalash Islom korporatsiyasi kabi ITB va uning shu'ba tashkilotlarining O‘zbekistonda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini oshirish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga urg‘u bergan holda qo‘shma loyihalar portfelini kengaytirishga oid o‘zaro manfaatli hamkorlikni kuchaytirishga tayyorligi bildirildi.
Bundan tashqari, tomonlar joriy yilning 1 sentyabridan 4 sentyabriga qadar Toshkentda bo‘lib o‘tadigan ITB boshqaruvchilar kengashining Yillik anjumaniga tayyorgarlik ko‘rish ishlarini muhokama qildilar. ITB prezidenti anjuman va u bilan bog‘liq tadbirlar yuqori saviyada tashkil etilayotgani uchun O‘zbekiston tomoniga minnatdorlik bildirdi.

Uning qayd etishicha, mazkur tadbir xalqaro hamjamiyat hamda ITBga a'zo mamlakatlarning ishbilarmonlik doiralari vakillarida katta qiziqish uyg‘otdi: hozirgi paytga kelib uchrashuvda ishtirok etish uchun 2 mingdan ortiq kishi ro‘yxatdan o‘tgan va ularning soni o‘sishda davom etmoqda. Tadbirda bankka a'zo 57 mamlakatdan 2500dan ortiq vakillar, shuningdek, xalqaro tashkilotlar va taraqqiyot institutlari vakillari qatnashishi kutilmoqda.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar o‘zaro munosabatlarning muhokama qilingan yo‘nalishlari doirasida hamkorlikni yanada kuchaytirish yo‘llarini belgilab oldi.
Mavzuga oid
19:36 / 20.09.2025
Islom taraqqiyot banki vakillari bilan O‘zbekistonda islom moliyasini rivojlantirish masalasi muhokama qilindi
16:57 / 14.04.2025
Islom taraqqiyot banki O‘zbekiston ta’lim tizimiga 40 million dollar grant ajratadi
14:03 / 20.02.2025
ITB O‘zbekistonda ta’lim va yo‘l infratuzilmasini yaxshilash uchun salkam 300 mln dollar ajratadi
08:25 / 17.05.2022