Estoniya milliy muzeyi direktori Alar Karis saylovlarning ikkinçi bosqiçida prezident lavozimiga yagona nomzod böldi. Unga 80 nafar deputatdan 72 nafari öz ovozini bergan. Prezident saylovlarida ğalaba qozoniş uçun kamida 68 ovoz kerak bölgan. Karisga saylovlarning birinçi turida ğalaba qozoniş uçun 5 ovoz yetmagan.

Alar Karis 1958 yil 26 martda Tartu şahrida tavallud topgan. 1981 yilda esa Estoniya qişloq xöjaligi akademiyasining veterinariya fakultetini tamomlagan. Keyinroq Germaniya, Britaniya va Niderlandiyadagi bir neçta universitetlarda tahsil olgan.

1999 yildan Tartu universiteti professori, 2007-2012 yillarda esa uning rektori bölgan.

2017 yilda Karis milliy muzey direktori etib saylangan. Bungaça uşbu lavozimni uning rafiqasi Sire egallagan.

Estoniyada prezident vakolatlari 5 yil davom etadi. Bir kişi qatorasiga ikki marta uşbu lavozimni egallaşi mumkin.

Avvalroq Estoniya parlamentining navbatdan taşqari yiğilişida prezident saylana olinmagandi. Şundan keyin saylovlarning ikkinçi turini 31 avgustda ötkazişga qaror qilgan.