Prezident sözi avvalida yiğilganlarni Özbekistonda körib turganidan mamnunligini bildirdi.
“Albatta, Bankning yillik anjumani Toşkentda ötkazilişi öziga xos ramziy ma'noga ega. Biz buni Özbekistonning islom dunyosi rivojiga qöşgan hissasi, şuningdek, mamlakatda sönggi 5 yil davomida olib borilayotgan izçil islohotlarning e'tirofi deb hisoblaymiz”, – dedi Şavkat Mirziyoyev.
Davlat rahbari öz sözida pandemiya bölişiga qaramay, anjumanni jonli ravişda ötkazişga imkon bölganini qayd etdi.
“Özbek xalqining buyuk ajdodi, butun musulmon olamining uluğ namoyandasi imom Al-Buxoriy hazratlari jamlagan “Sahihi Buxoriy” kitobida zikr etilgan hadisi şarifda aytilganidek, “Albatta, amallar niyatga boğliqdir”.
Barçamiz xolis niyat qilgan ekanmiz, Yaratganning marhamati bilan bugun Islom Taraqqiyot Banki guruhining yillik uçraşuvini jonli ravişda ötkazişga muvaffaq bölyapmiz.
Ta'kidlaş joizki, mazkur tadbir pandemiya boşlangandan beri dunyodagi xalqaro moliyaviy institutlar orasida birinçi bölib taşkil etilgan nufuzli anjumandir”, – deya ta'kidladi prezident.

Şavkat Mirziyoyev Islom Taraqqiyot Bankining yangi prezidenti etib saylangan Sulaymon Al-Jassirni qutladi.
“Menga berilgan uşbu qulay imkoniyatdan foydalanib, Islom Taraqqiyot Bankining barça a'zo davlatlari vakillari nomidan hurmatli birodarimiz – Al-Jassir janoblarini bank prezidenti lavozimida iş boşlagani bilan muborakbod etaman.
Muhtaram Al-Jassir janoblari! Bu yuksak lavozimdagi faoliyatingizni Özbekistonga taşrifdan boşlayotganingiz çuqur ramziy ma'noga ega. Şu sababli yurtimiz bilan hamkorlik Sizning mas'uliyatli va şarafli faoliyatingizning muhim qismiga aylanadi, deb işonaman.
Mamlakatimiz timsolida Siz yaqin hamkor va sadoqatli döst topdingiz, desam, mubolağa bölmaydi. Zimmangizdagi ezgu vazifani ado etişda Alloh taolo Sizni hamişa qöllasin!” – dedi Özbekiston prezidenti.
Davlat rahbari öz nutqida koronavirus pandemiyasiga töxtalib, uni nafaqat katta sinov, balki hamkorlikni çuqurlaştiriş uçun imkoniyat sifat köriş zarurligini qayd etdi.
“Bugun, insoniyat katta sinovlarni boşidan keçirayotgan bir vaqtda, davlatlarimiz koronavirus pandemiyasining iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlarini yengib ötiş böyiça ta'sirçan çoralar köriş zarurligini hayotning özi taqozo etmoqda. Kovid pandemiyasi biz faqat uzviy hamkorlik va özaro kömaklaşiş orqali zamonaviy muammolarga qarşi tura olişimiz mumkinligini körsatdi.

















