Statqöm ma'lumotlariga köra, avgust oyida iste'mol sektoridagi inflatsiya 0,5 foizni taşkil qildi. Joriy yil boşidan iste'mol sektorida narxlarning ösiş darajasi 4,8 foizni taşkil etdi.

Yillik nisbatda INI ösiş darajasi 11,1 foizga etdi. 

Taqqoslaş uçun 2020 yilning yanvar-avgustida umumiy INI ösiş darajasi 4,8 foizni taşkil etgan.

Ma'lumotlarga köra avgustda:

- Oziq-ovqat mahsulotlari 0.7 foizga (ötgan yilning mos davrida esa 0,3 foizga qimmatlagan);

- nooziq-ovqat mahsulotlar 0,5 foizga (ötgan yil 0,8 foiz);

- xizmatlar 0,2 foizga qimmatlagan (ötgan yil 0,4 foiz).

Oziq-ovqat mahsulotlari ötgan yilning avgustiga nisbatan 15,5 foizga, nooziq-ovqat mahsulotlar 8 foizga, xizmatlar 7,6 foizga qimmatlagan.

Statqöm 2021 yilning iyul oyida deflyatsiya kuzatilganini e'lon qildi. Ötgan oyda tovarlar va xizmatlar 0,2 foizga arzonlagandi. Narxlar pasayişi mavsumiy xarakterga egaligi ma'lum qilingandi.

Eslatib ötamiz, iyunda Markaziy bank yillik YaIM prognozini 6,8 foizga oşirgandi. Biroq regulyator inflatsiya böyiça kutilmalarni özgarişsiz qoldirdi.