“Bugungi kunda dunyo mamlakatlari iqlim özgarişi, yirik migratsion jarayonlar, tabiiy, energetika va oziq-ovqat resurslarining yetişmovçiligi kabi jiddiy sinovlarga duç kelmoqda.

Bu xavf-xatarlarni samarali yengiş uçun Bankning a'zo mamlakatlari innovatsiya va texnologiyalarni rivojlantiriş va joriy qiliş masalalarida keng qamrovli hamkorlik örnatişi lozim.

Biz Islom taraqqiyot bankining uşbu jarayonlarga tölaqonli yetakçilik qiliş salohiyatiga işonamiz. Şundan kelib çiqib, Bankimiz faoliyatini quyidagi yönalişlar böyiça takomillaştiriş zarur, deb hisoblaymiz.

Birinçidan, “Ğarbiy Afrikadan Şarqiy Osiyogaça – yaşil koridor” nomli savdo-iqtisodiy makonni şakllantiriş konsepsiyasini işlab çiqişni taklif etamiz.

Ayniqsa, bu pandemiya davrida ğoyat katta ahamiyatga ega. Konsepsiyaning röyobga çiqarilişi özaro savdo va sarmoyaviy aloqalarni kengaytirişga, mamlakatlarimizning barqaror ösişiga va iqtisodiy jihatdan birlaşişiga xizmat qiladi.

Ikkinçidan, Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi hamda Investitsiyalar va eksport kreditlarini suğurtalaş islom korporatsiyasi tomonidan moliyaviy instrumentlarni kengaytiriş lozim.

Bu sa'y-harakatimiz erkin savdoni rağbatlantiriş, investitsiyaviy xatarlarni suğurtalaş, transport va logistika infratuzilmalarini rivojlantirişga munosib hissa qöşadi.

Uçinçidan, “post-kovid” davrida a'zo mamlakatlar iqtisodiyotlari rivojlanişiga innovatsion tus beriş juda muhim masaladir.

Jumladan:

– Islom Taraqqiyot Bankining fan, texnologiya va innovatsiyalar jamğarmasining salohiyati va imkoniyatlaridan töliq foydalaniş;

– qişloq xöjaligiga ilğor işlanmalarni joriy qiliş orqali oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlaş;

– qayta tiklanadigan energiya va ekologik texnologiyalarning qöllanişini kengaytiriş asosida “yaşil iqtisodiyot”ni rivojlantiriş ayniqsa dolzarbdir.

Törtinçidan, mintaqaviy ahamiyatga ega investitsion va infratuzilma loyihalarini moliyalaştirişni kengaytiriş darkor. Biz bu bilan mamlakatlarimizning özaro boğliqligini yanada mustahkamlaşga erişamiz.