“Keça keçki payt “Tolibon”ning Panjşerga kirişga urinişi vaqtida 300dan köproq jangari halok böldi. Yana bir neça önlab jangarilar jiddiy jarohatlandi yoki asirga olindi”, deb ma'lum qilgan manba.

Ta'kidlanişiça, ayni vaqtda jangovar harakatlar davom etmoqda, toliblar qarşilik kuçlarining mudofaasini yorib ötolmagan va orqaga çekinişga majbur bölmoqda.

1 sentyabrda “Tolibon” tomonidan Panjşerga gubernator etib tayinlangan Amir Xon Muttaqiy ötgan hafta qarşilik kuçlari bilan boşlangan muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlanganini ma'lum qilgan.

Panjşerdagi qarşilik kuçlari toliblar katta yöqotişlarga uçrayotgani va çekinayotganini ma'lum qilgan. Ular “Tolibon” Panjşerda 6ta avanpostni egallab olgani haqidagi xabarlarni rad etmoqda.

“Toliblar haqiqatan ham keçadan beri Panjşerga kirişga urinmoqda, biroq buning uddasidan çiqa olmayapti. Ular birorta avanpostni egallay olmagan. Toliblar katta yöqotişlarga uçramoqda va çekinişga majbur bölmoqda”, deb ma'lum qilgan manba.