Uçraşuv avvalida ITB prezidenti Özbekiston rahbari va xalqini mustaqillikning 30 yilligi bilan qutlab, bardavom taraqqiyot, farovonlik va ravnaq tiladi.
Pandemiya boşlanganidan buyon ilk bor Bankning eng muhim tadbiri şu kunlarda poytaxtimizda jonli ravişda ötkazilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Yuqori darajadagi uşbu forumda ITBga a'zo mamlakatlar hukumatlari vakillari, xalqaro taşkilotlar rahbarlari, işbilarmon doiralar va nufuzli ekspertlar, ommaviy axborot vositalari iştirok etmoqda. Onlayn va offlayn şakldagi tadbirlarda 4,5 ming nafarga yaqin delegat qatnaşmoqda.
Özbekiston yetakçisi Muhammad Al-Jassirni ITB prezidenti lavozimiga saylangani bilan yana bir bor tabrikladi.


Ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantiriş masalalari yuzasidan fikr almaşildi.
“Davlatimiz rahbari ITB bilan şeriklikning izçil kengayib borayotganini yuksak baholab, Bank Özbekistondagi keng kölamli islohotlarning yangi dasturini qöllab-quvvatlayotgani va uni ilgari surişga muhim hissa qöşayotganini alohida qayd etdi.
Bugungi kunda amaliy hamkorlik portfeli transport, uy-joy kommunal infratuzilma, energetika, qişloq va suv xöjaligi, soğliqni saqlaş, ta'lim, tadbirkorlik va boşqa ustuvor yönalişlarni qamrab olgan qiymati 2,5 milliard dollarga yaqin bölgan 29 ta loyihadan iborat.
Uçraşuvda köp qirrali şeriklikni kengaytiriş istiqbollariga alohida e'tibor qaratildi.
Bu borada 2022-2025 yillarga möljallangan yangi hamkorlik dasturini tez fursatda qabul qiliş va amalga oşiriş hamda Toşkent şahrida Bankning tölaqonli vakolatxonasini işga tuşiriş, moliyalaştiriş instrumentlari samaradorligini oşiriş muhim ekani ta'kidlandi.
Yangi taşkil etilayotgan Özbekistonning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytiriş jamğarmasi faoliyati xususiy tadbirkorlik taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş, yangi iş örinlarini yaratiş, aholi, ayniqsa, xotin-qizlar va yoşlar farovonligini oşiriş uçun samarali mexanizm bölib xizmat qilişiga umid bildirildi.


















