Samarqand viloyati Kattaqörğon tumanida Kamaz yuk maşinasida yonğin sodir bölgan. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, 2021 yil 2 sentabr kuni soat 13:00larda M37 Samarqand-Buxoro-Turkmanboşi xalqaro avtomobil yölining Kattaqörğon tumani hududidan ötgan 77-kilometrida Kamaz rusumli transport vositasida yonğin sodir bölgan.
Qayd etilişiça, yonğin FVB yonğin öçiriş xodimlari tomonidan zudlik bilan bartaraf qilingan. Yonğin oqibatida heç kim tan jarohati olmagan va halok bölmagan. Faqat transport vositasining kabina qismiga moddiy zarar yetkazilgan.
Ta'kidlanişiça, hozirda hodisa yuzasidan tergovga qadar tekşiruv işlari olib borilmoqda.
Samarqandda Captiva maşinasi yonib ketdi
Samarqandda xorijiy davlatga tegişli yuk maşinalari yonib ketdi












