Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda «Matiz» haydovchisi uxlab qolib YTH sodir etdi. Bir kishi vafot etdi
Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanida «Matiz» haydovchisi uxlab qolib «Nexia»ga urilgan. Oqibatda «Nexia» yo‘lovchisi voqea joyida vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, joriy yil 2 sentabr kuni soat 4:30larda davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan 4R-100 Manguzar-Denov avtomobil yo‘lining Oltinsoy tumani hududidan o‘tgan 153-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Oltinsoy tumani markazidan harakatlanib kelayotgan «Matiz» mashinasi Bandixon tumanidan kelayotgan «Nexia»ga yo‘l bermasdan, u bilan o‘zaro to‘qnashgan. Natijada «Nexia» mashinasi ag‘darilib ketgan.
Qayd etilishicha, mazkur yo‘l-transport hodisasi oqibatida «Nexia» yo‘lovchisi og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan. «Matiz» haydovchisi esa og‘ir tan jarohatlari olib Denov tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.
Dastlabki surishtiruvlarda aniqlanishicha, mazkur yo‘l-transport hodisasining sodir bo‘lishiga «Matiz» haydovchisining boshqaruv paytida uxlab qolgani sabab bo‘lgan.
Mavzuga oid
09:10
Navoiy ko‘chasida avtobus va velosiped ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
13:30 / 08.02.2026
Nyu Yorkda 11 yoshli o‘zbekistonlik qiz avtobus urib yuborishi oqibatida halok bo‘ldi
16:19 / 07.02.2026
Zarqaynar ko‘chasida YTH: ikki avtomashina to‘qnashuvi qayd etildi
19:53 / 02.02.2026