«Tolibon» harakati vakili Bilol Karimiy Panjşer viloyatining 20 foizga yaqin hududi nazoratga olinganini aytdi, deb xabar berdi «RIA Novosti».
«Panjşerda janglar davom etmoqda va islom amirligi jangçilari Panjşerning bir neçta tumaniga kirdi. Yaqin kunlarda viloyat ustidan nazoratni qölga olamiz deb öylayman. Neça kunligini aniq ayta olmaymiz, ammo yaqin kunlarda», — dedi Bilol Karimiy.
Uning sözlariga köra, Hovak va Kabisa tumanlari toliblar nazoratiga ötgan.
«Viloyatning 20 foizga yaqin hududi nazoratimizda», — dedi Karimiy.
Öz navbatida, qarşilik kuçlari vakili Fahim Daştiy 450 nafar tolib öldirilgani va 130 nafari asirga olinganini bildirdi.
«Ötgan tunda 350 ta yöltanlamasda hujum qilgan sakkiz ming tolib tört soatlik janglardan söng ortga çekindi va pistirmaga tuşdi. Ularda jiddiy yöqotişlar böldi. 450 terrorçi yöq qilindi, 130 kişi asirga olindi», — deb yozdi Daştiy Twitter sahifasida.
Panjşer toliblar nazoratiga ötmagan Afğonistondagi yagona viloyat bölib turibdi.


















