Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonda otishma oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi, 70dan ortiq kishi yaralandi
Afg‘onistonda tartibsiz otishma oqibatida yaralanganlar soni 70 nafardan oshib ketdi, deb xabar berdi The Khaama Press agentligi.
Xabarda aytilishicha, Kobuldagi shifoxonaga 40 nafar yarador yotqizilgan. Shuningdek, 17 kishining jasadi olib kelingan.
Bir kun ilgari toliblar havoga o‘q uzishgani aytilgandi. Toliblar vakili Ahmadullo Vosiqning so‘zlariga ko‘ra, ular Panjsher viloyati olingani haqidagi xabarni shu tarzda nishonlagan.
O‘z navbatida, Milliy front vakili Fohim Dashtiy BBC intervyuda vodiyga ikki tomondan qilingan hujumlar qaytarilgani, front vodiyga kirishdagi barcha yo‘llar ustidan nazoratni saqlab qolayotgani va ayrim hududlarda hatto vodiy tashqarisida yurishlar amalga oshirilgani haqida aytgan.
Shu bilan birga, “Sputnik Afg‘oniston” manbalarga tayangan holda Kobulda Haqqoniy va Birodar guruhlari o‘rtasida otishma yuz bergani, voqeani yashirish maqsadida havoga o‘q uzishlar amalga oshirilgani haqida xabar qildi.
Mavzuga oid
14:26 / 05.07.2026
Afg‘onistondan dronda narkotik olib o‘tishning oldi olindi
13:47 / 29.06.2026
Pokiston yana Afg‘onistonga hujum qildi
18:19 / 22.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida aviaqatnovlar soni oshiriladi
09:05 / 17.06.2026