Pul mablağlari tölovini tezlaştiruvçi raqamli platforma bank operatsiyalarining samaradorligini oşiradi va işbilarmonlik munosabatlarini amalga oşirişni soddalaştiradi.

Ta'kidlanişiça, platforma foydalanuvçilarga real vaqt rejimida tölov talabnomalarining holatini kuzatib boriş va xavfsizlikni ta'minlovçi şart-şaroitlarda tölov bilan boğliq muammolarni hal qiliş uçun loyihaviy guruhlar bilan töğridan töğri hamkorlik qiliş imkonini beradi.

Platforma global texnologiyalar asosida işlab çiqilgan bölib, mobil qurilmalarda aks ettirişga ham moslaştirilgan. Şuningdek, unda qölda bajariladigan jarayonlar bilan boğliq boşqaruvdagi har qanday nuqsonlarni bartaraf qiliş mumkin.

Pandemiya va ITB tomonidan a'zo mamlakatlarning iqtisodiy barqarorligini qöllab-quvvatlaşga qaratilgan sa'y-harakatlar bank operatsiyalarining samaradorligi dolzarb ahamiyat kasb etişini körsatdi. Şundan kelib çiqib, yangi elektron tölov platformasini ta'sis etiş muhim strategik qadam böldi deyiş mumkin.