Foto: Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi axborot xizmati

Islom taraqqiyot banki Özbekistonda Islom banki va moliya sohasining huquqiy asoslarini işlab çiqişni qöllab-quvvatlaş uçun texnik yordam granti ajratadi.

Loyihaning asosiy maqsadi – Özbekistonga islomiy bank va moliya uçun qonuniy va texnik asoslar yaratiş, şuningdek, aholining islom moliyasidan xabardorlik darajasini oşirişdan iborat.

Ikki tomonlama şartnoma bugun, 4 sentyabr kuni Toşkentda, ITB Boşqaruvçilar kengaşi yiğilişi doirasida imzolandi. Bu haqda Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi axborot xizmati Kun.uz'ga ma'lum qildi.

Şartnomani Özbekiston tomondan boş vazir örinbosari Sardor Umurzakov, ITB guruhi nomidan prezident Muhammad Al-Jassir imzoladi.

Şu bilan birga, ITB Özbekistonda qişloqlarni barqaror rivojlantiriş loyihasi uçun 200 mln dollar miqdorida pul ajratmoqda.

Loyihadan maqsad – mahalliy boşqaruv jarayoni va jamoatçilik iştirokida asosiy infratuzilma va xizmatlardan foydalanişni yaxşilaş orqali qişloq aholisining turmuş darajasini oşiriş. Bu kambağallikni qisqartirişga yordam berişi va aholining turli holatlar va xavf-xatarlarga çidamliligini oşirişi uçun xizmat nazarda tutilgan.

Eslatib ötamiz, Islom taraqqiyot banki, Özbekiston hukumati va Saudiya Arabistoni örtasida boşlanğiç kapitali 100 million dollarga teng Iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytiriş jamğarmasi ham tuzilmoqda. Jamğarma mablağlari Özbekistonda kambağallikni qisqartiriş loyihalariga sarflanadi.