«Tolibon» harakati Panjşer viloyati markazi – Bozorak şahriga hujum boşladi. Bu haqda AfghanUrdu resursi xabar bermoqda.
«Hozirda toliblar uç tarafdan poytaxt Bozorakka hujum qilmoqda. «Tolibon» Panjşerda va poytaxt tomon harakatlanmoqda», — deyiladi xabarda.
Toliblar avvalroq viloyatdagi yetti tumandan törttasini öz nazoratlariga olganini ma'lum qilgandi.
Öz navbatida, Panjşerdagi qarşilik kuçlari vakili Fohim Daştiy bu xabarni rad etgan. Uning sözlariga köra, toliblarning hujumlari qaytarilgan, front vodiyga kirişdagi barça yöllar ustidan nazoratni saqlab qolgan.
Panjşer hozirda toliblar nazoratiga ötmagan yagona viloyat bölib turibdi.

















