Kun.uz “Biznes klass” loyihasi bu gal Nike kompaniyasi haqida hikoya qiladi. Xalqimiz orasida “Nayk” nomi bilan tanilgan brend aslida “nayki” deb talaffuz qilinadi.

Qariyb 60 yil avval amerikalik universitet bitiruvçisi sifatli sport oyoq kiyimlari yaratişni orzu qiladi va öşanda u boşlayotgan işi 60 yildan söng, qariyb 50 mlrd dollarlik dunyoning eng katta bizneslaridan biriga aylanib ketişini tasavvur ham qilmagan bölsa kerak. Keling, uşbu kompaniyaning kelib çiqiş tarixiga nazar taşlaymiz.

1962 yilda Fil Nayt ismli talaba Stenford universitetini bitiradi. Bilamizki, uşbu universitet bugun dunyo miqyosida eng nufuzlilaridan biri. Bunga Fil Nayt kabi muvaffaqiyatga erişgan bitiruvçilar sabab bölgani tabiiy. Lekin ötgan asrning 60-yillarida yaxşi daromad topiş uçun Stenford universitetini tamomlaş yetarli bölmagan. Sizda, albatta, yaxşi ğoyalar bölişi kerak.

Fil universitetda yuguriş sporti bilan şuğullanardi. Yugurişda orttirgan tajribalari orqali Nayt universitetdagi biznes darslarining birida quyidagi mavzuda çiqiş qiladi: “Yapon kameralari nemis mahsulotlarini surib çiqardi. Yapon poyabzallari ham Amerika bozorini nemis brendlari “Adidas” va “Puma”dan tortib ola biladimi?”

Uning bu çiqişi universitet sahnasidagina qolib ketmadi. Stenfordni bitirar ekan, Fil öz ğoyasi haqida jiddiy boş qotira boşlaydi. Uning dastlabki maqsadi yapon oyoq kiyimlarini AQŞ bozoriga olib kelişdan iborat edi. Bu paytga qadar u birorta sifatli yapon oyoq kiyimlarini körmagandi. U körganlari amerikaliklar Ikkinçi jahon uruşi paytida qöşma ştatlarga olib kelgan eski oyoq kiyimlar edi.

Lekin bu narsa Filni töxtatib qola olmadi, aksinça özi kabi oddiy amerikaliklar uçun noma'lum bölgan yapon poyabzallari AQŞda muvaffaqiyat qozonişiga işondi. U yapon kompaniyalari bilan aloqaga kirişişi va ularning mahsulotlarini Amerikada sotiş böyiça kelişuvga erişişi kerak edi. Bularning barçasida Fil Naytning tajribasi yöq edi. Lekin bir işga çin dildan kirişar ekansan, bunday bahonalar senga kulgili eşitiladi.