“Bugun Panjşerning turli yönalişlarida 600ga yaqin tolib öldirildi, 1000dan köproği asirga olindi yoki taslim böldi”, deb ma'lum qilgan Daştiy.

Ma'lumotlarga köra, vodiy uçun janglarda yuzlab odamlar halok bölmoqda. Uşbu hududda 150 mingdan 200 minggaça odam yaşaydi. Milliy qarşilik fronti vakilining aytişiça, qarşilik kuçlari toliblarni mudofaalanişga majbur qilgan. “Bir neça yuzlab toliblar tuzoqqa tuşgan. Ularda öq-dori tugamoqda va ular hozir taslim böliş böyiça muzokaralar olib bormoqda”, deb aytgan Daştiy.

Öz navbatida “Tolibon” vakili Bilol Karimiy harakat kuçlari Panjşerning Hinj, Annaba, Şotol va Paryon tumanlarini nazorat qilayotganini aytgan.

Al Jazeera telekanalining xabar berişiça, toliblarning viloyatdagi hujumkor harakatlari minalaştirilgan yöllar sababli sustlaşgan.