"Tolibon" harakati Xitoy va Pokistonga Bagrom va Qandahor aviabazalaridan öz operativ maqsadlari yölida foydalanişiga ruxsat berişi mumkin. Pioneer gazetasining yozişiça, bu Hindiston uçun jiddiy oqibatlar keltirib çiqaradi.

"Bagrom aviabazasidan foydalaniş Xitoyga Hindistonni mintaqadagi harakatlardan tiyib turiş va Pekin tomonidan taşkil etilayotgan Xitoy-Pokiston iqtisodiy yölagi xavfsizligini ta'minlaş uçun qöşimça imkoniyatlar beradi", — deb hisoblaydi naşr manbalari.

"Pokiston Qandahordagi aviabazadan foydalaniş orqali Kaşmir hududida Hindiston ustidan harbiy ustunlikka ega böladi va uşbu mintaqadagi obektlari himoyasini kuçaytiradi", – degan manbalar.

Ularning sözlariga köra, hozirda Pokiston harbiy-havo kuçlari Afğonistondagi barça beş aviabaza, jumladan, Qandahor, Bagrom va Kobuldagi aerodromlarni közdan keçirmoqda, Xitoy delegatsiyasi esa Bagromdagi aviabazadan foydalaniş böyiça "Tolibon" rahbariyati bilan muzokaralar ötkazgan.  

Naşrning qayd etişiça, toliblar amerikaliklar qoldirib ketgan aviatexnikalarni Xitoyga berişi mumkin.

AQŞ Afğonistonda 200dan ortiq harbiy samolyot va vertolyotlarni qoldirgan.