Qayd etilişiça, apellyatsiya şikoyatini bergan abituriyentlarga uni körib çiqiş sanasi va vaqti körsatilgan xabarnoma beriladi. Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda şaxsini tasdiqlovçi hujjat, xabarnoma va abituriyent ruxsatnomasi bilan Davlat test markaziga kelişi şart.

Apellyatsiya şikoyati körilayotgan abituriyentga uning javoblar varaqasi nusxasi, test topşiriqlari notöğri bajarilgan javoblar röyxati hamda test sinovlarida abituriyentga taqdim etilgan test topşiriqlari kitobi beriladi.

Taqdim etilgan hujjatlar asosida abituriyent özining har bir notöğri deb hisoblangan test topşiriğiga javoblarini yozma ravişda bayon qiladi va qabul qilib olgan barça test materiallari bilan birga apellatsiya komissiyasiga taqdim etadi.

Apellyatsiya şikoyati apellatsiya komissiyasi tomonidan faqat abituriyent iştirokida, uning yozma javoblari asosida körib çiqiladi.

Abituriyentning yozma javoblari öz tasdiğini topmagan bölsa, apellyatsiya komissiyasi test sinovlari natijalarini özgarişsiz qoldiriş va apellyatsiya şikoyatini qanoatlantirişni rad etiş töğrisida qaror qabul qiladi.

Abituriyent murojaat qilganda unga apellyatsiya şikoyati böyiça qabul qilingan qarordan köçirma beriladi. Abituriyentning javoblar varaqasi, test topşiriqlari kitobi Davlat test markaziga belgilangan tartibda yetkazilmagan, yirtilgan bölsa, şuningdek, test sinovlaridan çetlaştirilgan yoki özining javoblarini yozma ravişda bayon qilmagan abituriyentning apellyatsiya şikoyati körib çiqilmaydi.

Apellyatsiya komissiyasining qarori böyiça ma'lumot Özbekiston ta'lim muassasalariga öqişga qabul qiliş böyiça Davlat komissiyasiga apellyatsiya şikoyatlarini körib çiqiş töliq yakunlanganidan söng, beş iş kuni içida taqdim etiladi.

Apellyatsiya komissiyasining qarori Özbekiston ta'lim muassasalariga öqişga qabul qiliş böyiça Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangandan söng kuçga kiradi.