Qarşilik kuçlari Daştiyning ölimini tasdiqlaşgan. Şuningdek, janglarda qarşilik kuçlarining yana bir vakili – general Abdulvudod Zara ham halok bölgan.

“Afğoniston milliy qarşilik kuçlari jabr-zulm va tajovuzga qarşi muqaddas uruşda ikki safdoşi – Milliy qarşilik fronti matbuot kotibi Fahim Daştiy va Abdulvudod Zarani yöqotganini çuqur qayğu bilan ma'lum qiladi”, deb aytilgan qarşilik kuçlari xabarida.

Öz navbatida, qarşilik kuçlari Panjşerda toliblar yetakçi qömondonlaridan biri Mavlavi Fasihuddin yöq qilinganini ma'lum qilgan.

Avvalroq qarşilik kuçlari toliblar Panjşerdan qöşinlarini olib çiqsa va iğvo harakatlaridan tiyilsa, ular bilan muzokaralar ötkazişga tayyorligini bildirgan. “Tolibon”ning ta'kidlaşiça, Panjşer masalasi Afğonistonning yangi hukumatini şakllantirişga yöl qöymayotgan yagona muammo bölib turibdi.