«Tolibon» harakati Afğonistondagi sönggi qarşilik harakati hududi bölgan Panjşer viloyati ustidan nazorat örnatilganini e'lon qildi. Bu haqda harakat vakili Zabihulla Mujohidning bayonotiga tayanib Reuters, Al Arabiya va TOLO News xabar berdi.
«Uşbu ğalaba tufayli mamlakatimiz uruş çangalidan çiqdi», — dedi Mujohid.
Ijtimoiy tarmoqlarda toliblarning Panjşer viloyati gubernatori qarorgohi darvozasi oldida turgani aks etgan suratlar tarqaldi, deb yozadi Al Arabiya.
Keyinroq milliy qarşilik fronti Panjşer vodiysidagi «strateg nuqtalar»ni egallab turgani va «Tolibon»ga qarşi kuraş davom etişini ma'lum qildi.
Avvalroq qarşilik harakati matbuot kotibi Fahim Daştiy halok bölgani xabar qilingandi.


















