Toşkent şahar umumiy maydonining kökalamzorlaştirilişi darajasini 2023 yilgaça 30 foizga yetkaziş Toşkent şahri va uning tumanlari hokimliklarining asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

Şunday tartib örnatiladiki, unga köra ekilişi lozim bölgan har qanday daraxt köçatlari faqat ular ekilayotgan hududlarning iqlimi va yer maydonining xususiyatlarini örganiş böyiça ötkazilgan ilmiy tadqiqotlar asosida tanlab olinadi.

Toşkent şahar hokimligi va Özbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasining Toşkent şahrining kamida 60 gektar yer maydonida attraksionlardan xoli bölgan jamoat istirohat boğini hamda har bir tumanda kiçik yaşil istirohat boğlarini barpo etiş töğrisidagi taklifiga rozilik berildi.