O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2019 yil 19 martda “Yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda madaniyat, san'at, sport, axborot texnologiyalari, kitob o‘qishga qiziqishni oshirish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirish to‘g‘risida” o‘tkazilgan videoselektor majlisi bayonida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash, shuningdek, yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, ayniqsa o‘quvchi-yoshlarni sportga keng jalb etish, yozgi dam olish kunlaridagi bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullantirish samaradorligini yanada oshirish maqsadida joriy yilning 25-31 avgust kunlari Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligiga qarashli Mehribonlik uyi oromgohi”da umumiy o‘rta ta'lim maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Quvnoq startlar” sport musobaqasining respublika final bosqichi yuqori saviyada tashkil etilib, 2021 yilning eng “Quvnoq”, “Chaqqon”, “Epchil” o‘quvchilar jamoalari aniqlandi.




“Quvnoq startlar” sport musobaqalarining o‘ziga xosligi, qiziqarli o‘yinlardan tashkil topganligi sabab ushbu musobaqa mamlakatimizda qariyb qirq yildan beri uzluksiz o‘tkazib kelinmoqda.
Mazkur musobaqalarga har yili jami 1 056 532 (ulardan 528 266 qizlar) nafar umumta'lim maktablari o‘quvchilari qamrab olinadi.



Ushbu musobaqalar orqali o‘quvchilar orasida sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirish, do‘stlik aloqalarini kuchaytirish, faol dam olishni tashkillashtirish, jamoa bo‘lib harakatlanish, o‘ziga ishonch hislarini oshirish maqsad qilingan.

























