Aziz do‘stlar!
Biz EVOS brendining 15 yilligini nishonlab bo‘ldik, ammo sovg‘alar hali tugamadi. EVOS sizlarning barchangiz bilan birga o‘tkazgan xayriya tadbirining natijalarini siz aziz mehmonlar bilan baham ko‘rishdan mamnunmiz.
Yodingizda bo‘lsa, biz 2021 yil 15 iyulda EVOS’ning 15-yilligi kunida xayriya aksiyasida ishtirok etish uchun barcha befarq bo‘lmagan o‘zbekistonliklarga murojaat qilgan edik. Shu kuni mol go‘shtidan tayyorlangan klassik lavashni sotishdan to‘plangan barcha mablag‘lar bolalar va kattalar uchun tibbiy asbob-uskunalar sotib olishga topshirildi.
Toshkent shahar endokrinologiya dispanseri (ShED), Toshkent shahar aholisining endokrin kasalliklarining oldini olish va davolash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan davolash-profilaktika va tashkiliy-uslubiy markazi vakillari homiylik yordami ko‘rsatish haqida maktub yo‘lladilar. Dispanserning tibbiy xodimlari tashxis qo‘yish qiyin bo‘lgan holatlarda endokrin kasalliklarga chalingan bemorlarga, shuningdek yashash joyida davolanishning samarasiz holatlarida bepul maslahat yordami ko‘rsatadi. Shuningdek, ShED da 1-toifa qandli diabet bilan kasallangan Toshkent shahridagi barcha bolalar va o‘smirlar kuzatilib nazoratda bo‘ladi. ShED klinik-biokimyoviy laboratoriyasida klinik va biokimyoviy tahlillar bepul amalga oshiriladi.

ShED vakillari bizning kompaniyamizga murojaat qilgan maktubda Dispanserning ishini optimallashtirish va modernizatsiya qilish uchun yechim talab qiladigan bir qator muammolar haqida xabar berildi. Masalan, 6 ta o‘rin uchun reanimatsiya bo‘limi ochish, uni zarur asbob-uskunalar bilan jihozlash, diagnostika blokidagi ma'nan eskirgan (laboratoriya, funksional diagnostika xonasi, rentgen kabineti) uskunalarni almashtirish.
Xayriya aksiyasi doirasida to‘plangan mablag‘lar tufayli biz ShED ga bir qator dolzarb masalalarni hal qilishda, ya'ni reanimatsiya xonalarini joriy ta'mirlashda, kislorod bilan ta'minlash tizimini yaratishda, yotoq konsollarini o‘rnatishda, yuqori texnologik laboratoriya uskunalari – Chemray-120 biokimyoviy avtomatik analizatori va unga qo‘shimcha qismlar, yarim avtomatik koagulometr RT-2201, quritish javoni, quruq havo termostatlarini yetkazib berishda yordam berdik. Ayniqsa, yosh bolalar sog‘ligi haqida gap ketayotganda ushbu uskunalar, shuningdek, ta'mirlash va jihozlash bo‘yicha qo‘shimcha ishlar dispanser bemorlari uchun juda muhim ko‘rsatkichlar bo‘lgan xizmat ko‘rsatish sifati va muddatlarining qisqarishiga sezilarli darajada ta'sir qiladi.








