Pandemiya davrida zarar ko‘rgan tadbirkorlik sub'yektlarini qo‘llab-quvvatlash uchun 100 mln dollar ajratiladi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan «Yevropa investitsiya banki ishtirokida «O‘zbekistonda global koronavirus pandemiyasi davrida zarar ko‘rgan tadbirkorlik sub'yektlarini favqulodda qo‘llab-quvvatlash» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaror qabul qilindi.

Foto: Paul Yeung / Bloomberg
Hujjat Prezidentning 22.04.2020 yildagi «Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, budjet, bazaviy infratuzilma va tadbirkorlik sub'yektlarini qo‘llab-quvvatlash uchun tashqi yordam mablag‘larini jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-4691-son qaroriga muvofiq qabul qilingan.
Yevropa investitsiya banki (YeIB) Direktorlar kengashi O‘zbekistonda global koronavirus pandemiyasi davrida zarar ko‘rgan tadbirkorlik sub'yektlarini qo‘llab-quvvatlash uchun 15 yil muddatga 5 yillik imtiyozli davri bilan 100 mln AQSh dollarigacha revolver shaklida kredit liniyasini taqdim etishni ma'qulladi.
Quyidagi tijorat banklariga kredit liniyalari taqdim etiladi:
- «O‘zsanoatqurilishbank» ATBga - 30 mln AQSh dollari;
- «Mikrokreditbank» ATBga - 35 mln AQSh dollari;
- «Qishloq qurilish bank» ATBga - 35 mln AQSh dollari.
Bitta investitsiya loyihasi uchun YeIB mablag‘lari hisobidan tadbirkorlik sub'yektlariga beriladigan kreditlarning maksimal qiymati 12,5 mln yevro ekvivalentiga teng bo‘lgan miqdordan oshirilmaydi hamda loyihaning maksimal qiymati 25 mln yevro ekvivalentidan oshmaydi.
Ishtirok etuvchi tijorat banklariga taqdim etilayotgan YeIB kredit liniyasining kamida 30 foizi YeIB mezonlariga ko‘ra ayollar tadbirkorligini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.
Tijorat banklari ijro etuvchi organlar bo‘lib, qayta moliyalashtirilgan YeIB kreditlardan maqsadli va samarali foydalanish uchun javob beradi. Kreditni qaytarish, foizlar va boshqa xarajatlarni to‘lash qayta moliyalashtirilgan kredit miqdorida ishtirok etuvchi tijorat banklari tomonidan amalga oshiriladi.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi loyihani muvofiqlashtiruvchi organ hisoblanadi.
YeIBning loyiha bo‘yicha kreditini jalb qilish grafigi tasdiqlandi.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston osmonida qatorlashib uchayotgan jismlar ko‘rindi. «O‘zbekkosmos» holatni tushuntirib berdi
Jamiyat | 18:34
-
Shavkat Mirziyoyev Mulla Abdul G‘ani Barodarni qabul qildi
O‘zbekiston | 18:33
-
Chikagodagi tungi klubda otishma yuz berdi. Uch kishi halok bo‘ldi va 16 kishi yaralandi
Jahon | 18:15
-
«Jasorat maktablari»ga o‘quvchilarni qabul qilish tartibi belgilandi
Jamiyat | 18:11
Mavzuga oid

16:18 / 30.06.2025
Qimmatbaho metallarni qayta ishlashning yillik hajmi 7 tonnaga yetkaziladi

12:02 / 19.06.2025
Sotib yuborilayotgan bog‘, maktab va bog‘cha hududlari. Nima qilish kerak?

16:38 / 13.06.2025
Toshkentda 23 ming taksichi ishsiz qolishi mumkin - Yandex

12:38 / 10.06.2025