Afğoniston sobiq prezidenti Aşraf Ğani Twitter sahifasida joylagan bayonoti orqali afğon xalqidan uzr söradi. 

U Kobulni tark etiş borasidagi qarorni “hayotidagi eng oğir qaror” hamda “qurol işlatilişining oldini oliş, Kobul va uning 6 million nafar aholisini saqlab qolişning yagona yöli” deb atagan.

“Faoliyatim mendan avvalgi rahbarlar kabi barqarorlik va farovonlikni ta'minlamasdan tugaganidan çuqur afsusdaman. Hammasini boşqaça yakunlay olmaganim uçun afğon xalqidan uzr sörayman”, – deyiladi Ğanining bayonotida.

Bundan taşqari, Aşraf Ğani özi bilan katta miqdorda pul olib çiqib ketgani töğrisidagi xabarlarni asossiz deb aytgan.

“Gaplarim töğriligini isbotlaş uçun BMT yoki boşqa mustaqil taşkilot şafeligida rasmiy audit ötkazilişini qöllab-quvvatlayman”, – degan u.

15 avgust kuni toliblar Afğonistonda hokimiyatni egalladi. Mamlakat prezidenti Aşraf Ğani va boşqa amaldorlar Afğonistonni tark etdi.