Özbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30-yilligiga bağişlangan bayram kunlari ERIELL Group tomonidan Toşkent viloyatining Qibray tumanidagi Psixofizik rivojlanişi buzilgan bolalar uçun ixtisoslaştirilgan tipdagi bolalar uyida xayriya tadbiri ötkazildi. 

Bu yerda 51 nafar bola tarbiyalanib, ularning eng kiçigi hali 1 yoşga ham tölmagan. Ularning har biri alohida mehr, e'tibor va parvariş, eng asosiysi doimiy tibbiy nazoratga muhtoj. Muassasa direktori Töxtanazarova Gulnora Maxmadjonovna u haqda sözlar ekan, unga «bizning uyimiz», «oilamiz» va «mening bolalarim» deya ta'rif berdi. U «Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan soğliqni saqlaş xodimi» faxriy unvoni bilan taqdirlangan, biroq tarbiyalanuvçilar uni oddiygina qilib - oyijon deb çaqiradi. 

«Bola baribir bola-da. Har bir bola mehr, muhabbat va e'tiborga haqli», – deydi Gulnora Maxmadjonovna.

ERIELL Group bolajonlarning ehtiyojlariga alohida e'tibor bilan munosabatda böladi, xoh u qimmat davolaniş zarurati yoki ularni ixtisoslaşgan muassasalarda saqlaş şaroitlarini yaxşilaş bölsin. Özbekiston Respublikasining «Volonterlik faoliyati töğrisidagi» qonunining 4-moddasi va «Xayriya töğrisida»gi qonunga muvofiq Kompaniyalar guruhi tomonidan Bolalar uyi kapital ta'mirlandi.

«Bolalar uyiga 1962 yilda asos solingan. Yillar ötib bino eskirib, yillar davomida ta'mirga muhtoj bölib kelgan, – deydi Qibray tumani Xalq deputatlari kengaşi deputati Mirbois Zohidov. – Rekord muddat, ya'ni bir yarim oy davomida ERIELL Group tomonidan 0,6 ga hududda obodonlaştiriş işlari amalga oşirildi. Bolalar uçun ikki qavatli yotoqxona korpusi kapital ta'mirlandi, öyin xonalari, xizmat binolari, yuviniş xonalari töliq yangilandi, mebel, konditsionerlar, oşxona jihozlari va zamonaviy maişiy texnikalar keltirilib, örnatildi. Yangilangan bino bolajonlarimiz va xodimlarimiz uçun birday manzur bölişiga işonçim komil».

 

Oyna va eşiklar, muhandislik kommunikatsiyalari almaştirildi, binoning taşqi qismi ta'mirlandi, içki bezak işlari amalga oşirildi, yonğinga qarşi tizim va videokuzatuv moslamasi örnatildi. Hudud öyin va profilaktika qismlariga ajratildi.

Bolalar uyining içki hovlisida yangi ayvonlar örnatildi, yölakçalar barpo etildi, çim yotqizildi. Ma'muriy bino ham ta'mirlandi.

Tarbiyalanuvçilarni yangilangan Bolalar uyi binosiga köçiriş munosabati bilan taşkil etilgan bayram tadbiri xayriya aksiyasiga hamohang bölib, barçaga xuş kayfiyat baxş etdi. Quvnoq musiqa, pufakçalar şousi va animatorlar iştirokidagi dastur nafaqat bolalar, balki kattalarga ham haqiqiy zavq-şavq ulaşdi. Tuğilganidan boşlab misli körilmagan qiyinçiliklarga duç kelgan va butun hayoti davomida tuğma nuqsonlar bilan kuraşişga majbur bolalarning mehmonlar taşrifidan boşi osmonga yetdi, ularning şodon kulgisi atrofni munavvar qildi. Sovğalar, jumladan ERIELL Group tomonidan Özbekiston Respublikasi Energetika vazirligi bilan hamkorlikda işlab çiqilgan şerça Leo haqidagi qiziqarli kitobça ham bolalarning samimiy quvonçiga sabab böldi.

Tadbir iştirokçilari uçun mevalar va şirinliklardan iborat furşet taşkil etildi, bayram palovi tayyorlandi.

«Bolalar uyi qaramoğidagi har bir bola biz uçun öz farzandimizdek qadrli. Biz ularning har biri uçun şaxsan javobgarmiz. Tarbiyalanuvçilar ham boşqa xodimlar singari tarbiyalanuvçilarga xuddi öz farzandidek munosabatda, ulardan mehr va muhabbatini dariğ tutmaydi, axir ular taqdir hukmi bilan bundan hayotining ilk kunlaridan boşlab mahrum bölgan. Jamoamiz nomidan ERIELL Group’ga muassasamizni obodonlaştiriş işlariga qöşgan ulkan hissasi uçun minnatdorlik bildiraman. Mehribonlik, ezgulik, ğamxörlik va özgalar dardiga şerik böliş hayotdagi eng muhim fazilatlardan», – dedi Gulnora Maxmadjanovna.

APLA jamoat birlaşmasi, Toşkent viloyati ixtisoslaşgan bolalar uyi, «Mehribonlik» ijtimoiy kömak jamiyati, Respublika ixtisoslaşgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi ustidan patronajni amalga oşiruvçi ERIELL Group «Ezgulik ulaş» loyihasi doirasidagi xayriya tadbirlarini davom ettiradi.

ERIELL Group Matbuot xizmati Ⓣ