Tokioda sudga çaqiruv qoğozi çaqirtirilayotgan odam qöliga topşiriladi. Biroq agar u uyida yoki işxonasida bölmasa, çaqiruv qoğozi maxsus taxtaga osiladi. Maxsus taxtada Kim Çen In sudga çaqirtirilayotgani haqidagi xuddi şunday qoğoz paydo böldi.

Eyko Kavasaki va yana 4 nafar etnik koreys Şimoliy Koreya hukumati ustidan Tokio sudiga da'vo arizasi berib, Pxenyandan Şimoliy Koreyaga köçiriş dasturi doirasida huquqlari buzilgani sababli 100 mln iyendan (900 ming dollar) tovon puli talab qilmoqda.

Ma'lumotlarga köra, Kim Çen In sudga 14 oktyabrda kelişi kerak.

93 mingga yaqin koreys Yaponiya Koreya yarimorolini 1910-1945 yillar davomida mustamlaka qilgan vaqtda Yaponiyaga kon va zavodlarda işlaş uçun kuç bilan olib ketilgan. Ulardan köpçiligi Yaponiyada tahqirlaşlarga uçragan.

Şimoliy Koreya Yaponiyaga olib ketilgan koreyslarga 1959-1984 yillar davomida maxsus dastur yordamida vatanlariga qaytişni taklif qilgan. Yaponiyada yaşovçi koreyslardan ba'zilari bu dastur böyiça vatanlariga qaytgan. Biroq ulardan kamida 5 nafari Yaponiyaga qaytişga qaror qilgan. Ularning ta'kidlaşiça, ular Şimoliy Koreyaga aldov yöli bilan qaytarilgan va u yerda oğir şaroitlarda yaşaşlariga töğri kelgan. Şu sababli ular Şimoliy Koreyada ötkazgan yillari uçun Pxenyandan tovon puli talab qilişmoqda.