Podşohlikda 14ta davlatdan kelgan loçin seleksionerlari iştirokida ötgan xalqaro auksionda AQŞdan keltirilgan oq loçin rekord narxga – 472500 dollarga sotildi. 

Ma'lum qilinişiça, rekordçi loçin bir yoşdan kiçik, oğirligi 700 gramm keladi, uzunligi esa 40 smni taşkil qiladi. Loçin oq şumkar zotiga mansub bölib, dunyoda loçinlar köpaytiriş böyiça eng yaxşi ferma deb e'tirof etiluvçi Pacific Northwest Falcons’da yetiştirilgan.  

Loçin ovi Yaqin Şarqda uzoq tarixga ega bölib, Fors körfazi hududida loçinga ega böliş obröli hisoblanadi. 

Saudiya Arabistonida umumiy hisobda 20 mingdan köproq loçinboqar bor bölib, 2017 yil iyulda ularning uyuşmasi taşkil etilgan.