Kun.uz prezident stipendiyasiga nomzod talabalarning tanlov aniq baholaş mezonlarisiz ötgani va hakamlar qöygan ballar e’tirozlarga sabab bölgani haqidagi murojaatini e’lon qilgandi. Mazkur murojaatga Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati tomonidan raddiya e’lon qilindi.

Vazirlik uşbu maqolada körsatilgan vajlarni asossiz deb hisoblaydi va e’tirozlar yuzasidan quyidagi batafsil ma’lumotlarni keltiradi.

Dastlab, tanlov bosqiçlari haqida qisqaça. Hujjat topşiriş jarayonlarini raqamlaştiriş orqali joriy yildan boşlab oliy ta’lim muassasalari tomonidan har bir nomzodga tegişli bölgan hujjatlar töplami yangi işlab çiqilgan stipendiya.edu.uz platformasi orqali qabul qilinişi yölga qöyildi. Bu esa talabaning turli yiğma jildlar töplaşi, ortiqça xarajatlar qilişini batamom bartaraf etib, ularga qulaylik yaratdi. Şu örinda aytib ötiş lozimki, ötgan yillar davomida hujjat topşirişda inson omilining aralaşuvi sabab ayrim talabalarda bu borada haqli e’tirozlar ham bölgan.     

Şundan söng, Oliy va örta maxsus ta’lim vazirining tanlovni ötkaziş böyiça buyruği qabul qilinadi. Uşbu hujjat bilan magistratura talabalari orasidan ğoliblarni yopiq ovoz beriş orqali tanlab oliş böyiça maxsus tanlov komissiyasi tarkibi hamda talabgorlarning ta’lim va ilmiy (ijodiy) tayyorgarlik darajasini baholaş böyiça ekspertlar guruhlari tasdiqlanadi. E’tibor qaratiş lozimki, tanlovlarning adolatli, yuqori mas’uliyat bilan va şaffof ötişini ta’minlaş maqsadida maxsus tanlov komissiyasi tarkibi oliy öquv yurtlari rektorlari, vazirlik mas’ullari hamda boşqa idora va taşkilotlar mutasaddilaridan tuziladi. Joriy yilgi komissiya a’zolari orasida Vazirlar Mahkamasining mas’ul xodimi, oliy va örta maxsus ta’lim vazirining birinçi örinbosari (komissiya raisi sifatida) hamda Turizm va sport, Madaniyat vazirliklari, Fanlar Akademiyasining bir qator mas’ullari iştirok etdi.

Raddiyaning töliq matni bilan mana bu yerda