“Koreya Xalq Demokratik Respublikasi milliy Olimpiya qömitasi Tokio Olimpiadasida iştirok etmaslik haqidagi bir tomonlama qarori sababli 2022 yil oxirigaça çetlatildi”, deb aytilgan XOQ prezidenti Tomas Bax bayonotida.

Baxning aytişiça, uşbu qaror Şimoliy Koreya Olimpiya qömitasi belgilangan davr içida moliyaviy kömak olmasligini va sanksiyalar sababli taqdim etilmay kelingan kömakdan töliq mahrum etilişini anglatadi. 

Şu bilan birga, XOQ 2022 yil fevralda Pekinda ötadigan qişki Olimpiadada iştirok etişga da'vogarlik qilayotgan şimoliy koreyalik sportçilar böyiça alohida qaror qabul qilişi mumkin.

Şimoliy Koreya Tokio Olimpiadasiga öz sportçilarini yubormagan yagona davlat böldi. Pxenyan bu qarorni sportçilari koronavirus yuqtirib olişi mumkinligi xavotirida qabul qilgan.

XOQ prezidentining ta'kidlaşiça, Şimoliy Koreya Olimpiadada iştirok etmaslik oqibatlaridan va bu Olimpiya xartiyasida közda tutilgan sanksiyalar va çeklovlarga olib kelişidan ogohlantirilgan.  

Avvalroq Şimoliy Koreya televideniyesi 23 iyuldan 8 avgustgaça ötgan Tokio Olimpiadasi musobaqalarini 3 haftalik keçikiş bilan körsatişni boşlagani ma'lum qilingan.