Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi yangi öquv yili uçun respublika OTMlarida bakalavriat va magistratura yönalişlari böyiça tölov-kontrakt miqdorlari yuzasidan şarh berdi.

“Ma'lumki, 2019/2020 öquv yilidan boşlab respublika oliy ta'lim muassasalarida ta'lim yönalişlari böyiça bitta talabani tölov-kontrakt şaklida bir yillik öqitiş qiymati mehnatga haq tölaşning eng kam miqdori barobarida belgilangan bölib, Özbekiston Respublikasi prezidentining farmon va hukumat qarorlari bilan iş haqi miqdorlari oşirilganda tölov-kontrakt narxlari ham oşirib boriladi.

2020/21 öquv yili boşida koronavirus pandemiyasi davrida aholini ijtimoiy himoya qiliş, xususan, aholining tölov qobiliyati pasayişini hisobga olib, talabalarni qöllab-quvvatlaş maqsadida bazaviy tölov-kontrakt miqdorlariga (ya'ni stipendiyasiz summaga) 10 foiz miqdorda çegirma qilingan edi.

Ya'ni 2021 yil 1 fevraldan iş haqi miqdorlari 10 foizga oşirilgan bölsa-da, öquv yili uçun çegirma berilgan bazaviy kontrakt miqdori saqlab qolindi.

Misol tariqasida oladigan bölsak, pedagogika, texnika, gumanitar fanlar ta'lim yönalişlari böyiça kunduzgi şaklda tölov-kontrakt miqdori çegirma hisobiga 5 771 349 söm etib belgilangan edi. Aslida esa mazkur yönalişlarda kontrakt miqdori 2020 yil 1 sentyabrdan 6 412 610 söm, 2021 yil 1 martdan boşlab esa öquv yili uçun belgilangan miqdorga nisbatan 16 foiz yuqori, ya'ni 6 733 555 söm miqdorida bölişi kerak edi.

Yuqoridagilarni inobatga olib, belgilangan tartibga muvofiq, 2021 yil 1 sentyabrdan boşlab 2021/22 öquv yili uçun (stipendiyasiz) bazaviy tölov-kontrakt miqdorlari ta'lim yönalişlariga qarab 7 759 440 sömdan 11 869 440 sömgaça belgilanib, 34,4 foizga oşirilişi lozim edi.

Şunga qaramasdan, Davlat komissiyasining qabul qilgan qaroriga asosan, bugungi kunda respublikadagi pandemiya şaroitini inobatga olib, bazaviy tölov-kontrakt miqdorlari haqiqatda örnatilişi lozim bölgan miqdorlarga nisbatan kamaytirilgan miqdorlarda tasdiqlandi, ya'ni 2021/22 öquv yilida tölov-kontrakt miqdorlari