Favqulodda vaziyatlar vazirligi Toşkent şahar Yunusobod tumani Bodomzor köçasida sodir bölgan yonğin yuzasidan ma'lumot taqdim etdi.

Ma'lum qilinişiça, bugun, 11 sentabr kuni soat 14:36da Yunusobod tumani Bodomzor köçasida joylaşgan «Grant somsa» oşxonasida yonğin sodir bölayotganligi töğrisida xabar kelib tuşgan.

Mazkur holat yuzasidan Toşkent şahar FVBning 6 ta yonğin-öçiriş ekipaji soat 14:39da voqea joyiga yetib borgan. Yonğin soat 15:02da örab olinib, soat 15:19da töliq bartaraf etilgan.

Qayd etilişiça, yonğin natijasida oşxonaning taxminan 150 kvadrat metr maydonida tom va şift qismi yonib zararlangan. 

Hodisa oqibatida halok bölgan va jabrlanganlar yöq. Hozirda yonğin sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

“Yuqoridagi kabi köngilsiz vaziyatlarning oldini oliş maqsadida, Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolardan yonğin xavfsizligi qoidalariga rioya etişni sörab qoladi”, deyiladi ma'lumotda.