Oq uy rahbari Şanksvillga 2001 yil 11 sentyabrdagi teraktlar qurbonlari xotirasini yod etgani kelgan.

“Al-Qoida” qaytişi mumkinmi? Ha. Çunki u endi boşqa yerlarda ham bor. Nima, endi biz “Al-Qoida” bor bölgan hamma yerga bostirib kirib, u yerda qöşin qoldirişimiz kerakmi? Yöq”, deb aytgan Bayden.

AQŞ prezidenti Afğonistondan qöşinlarni olib çiqiş qaroriga izoh berib, Vaşington Afğonistondagi kampaniya vaqtida jiddiy sarf-xarajatlarni amalga oşirganini aytgan.

“Agar biz Bin Lodinni, “Al-Qoida”ni yöq qilganimizdan keyin bu mamlakatni birlaştiriş uçun 20 yil davomida kuniga 300 mln dollardan sarflaşimizni avvalroq tuşunganimizda, ehtimol ertaroq nimanidir özgartirgan bölardik”, deb ta'kidlab ötgan Oq uy rahbari.

U amerikalik harbiylarning Afğonistondan olib çiqilişini AQŞ aholisining katta qismi qöllab-quvvatlaşini aytgan.

Şu bilan birga, Bayden amerikaliklar AQŞ harbiylarining Afğonistondan olib çiqilişi borişi jarayonidan norozi bölganlarini tan olgan. Biroq u “AQŞ boşqa bir davlatdan öz tarafdorlarini olib çiqqanida” ham Afğonistondagi kabi vaziyat takrorlangan bölişi mumkinligini aytgan.