«Old Trafford»dagi o‘yinda Krishtianu Ronaldu «qizil iblislar» safidagi ikkinchi debyutini o‘tkazdi va 12 yildan keyingi qaytishni o‘ziga xos bayramga aylantirdi.

Uchrashuvni asosiy tarkibda boshlagan portugaliyalik 36 yoshli hujumchi 45+1-daqiqada hisobni ochib, jamoasini tanaffusga g‘olib sifatida olib chiqdi – 1:0.

Ikkinchi bo‘lim boshida Mankilo hisobni tenglashtirgan bo‘lsa-da, 62-daqiqada Ronaldu yana katta sahnaga chiqdi. Shouning uzatmasidan keyin himoyachilarni ortda qoldirgan Krishtianu qaytishini dubl bilan nishonladi – 2:1.

80-daqiqada Brunu Fernandesh uzoq masofadan ajoyib golga mualliflik qilgan bo‘lsa, 90+2-daqiqada Pogba – Marsiyal – Lingard kombinatsiyasini Jyessi ajoyib zarba bilan yakunlab qo‘ydi – 4:1.

Natijada, «MYu» 10 ochko bilan turnir jadvalida 1-o‘ringa chiqib oldi, «Nyukasl» 1 ochko bilan 19-o‘rinda qoldi.

APL. 4-tur.
Manchester Yunayted – Nyukasl 4:1

Gollar: 1:0 – 45 Ronaldu, 1:1 – 56 Mankilo, 2:1 – 62 Ronaldu, 3:1 – 80 Brunu Fernandesh, 4:1 – 90+2 Lingard.
Manchester Yunayted – De Xea, Uan-Bissaka, Varan, Maguayr, Shou, Matich, Pogba, Brunu Fernandesh (Marsyal, 85), Sancho (Lingard, 66), Ronaldu, Grinvud (van de Bek, 85).
Nyukasl – Vudmen, Mankilo (Merfi, 77), Klark (Lyuis, 84), Lassels, Xeyden, Ritchi, Almiron, Longstaff, Uillok (Xendrik, 86), Sen-Maksimen, Joelinton.
Ogohlantirish: Pogba (60).