“Hozirda S-300 majmualari bilan Belarusning ğarbiy yönalişi töliq himoyalangan. Biroq bizda janubiy yönaliş ham qöşildi”, deb aytgan Lukaşenko.
Belarus prezidentining ta'kidlaşiça, Kremlda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan ötgan muzokaralar davomida mudofaa va xavfsizlik masalalariga katta e'tibor qaratildi. Uning aytişiça, Putin unga ballistik raketalarga qarşi möljallangan yangi S-500 majmualari haqida sözlab bergan. “Juda samarali majmua. Men unga S-400 haqida yana bir bor eslatib ötdim, uni qayerlarga qöymoqçiligimizni aytdim. Bizga janubdan xavf vujudga kelmoqda. Biz bunga tayyorlanişimiz kerak – bizda Ukraina bilan 1200 kmlik çegara bor. Şu sababli uşbu perimetrni yopişimizga töğri keladi. Bizga bunda S-400 juda qöl kelişi haqida gaplaşdik”, deb ta'kidlab ötgan Lukaşenko.
Belarus prezidenti 2025 yilgaça Minskka yetkaziladigan qurol uçun Rossiya rahbariyatiga minnatdorlik bildirgan. “Bu önlab samolyotlar, ulardan bir qismi yetkazib berildi, bu bir neça önlab Tor-M2 vertolyotlari. Juda katta hajm. Biz va Rossiya NATO qöşinlari bilan töqnaş keladigan ğarbiy yönalişni juda jiddiy qabul qilamiz. Ular (NATO) özini qanday tutayotganini köryapsiz-ku. Şu sababli 1941 yildagi voqealarni hisobga olib böşaşmaslik lozim. Öşanda bizni tinçlatib, iğvogarliklarga javob qaytarmaslik aytilgandi. Keyin esa qaqşatqiç zarbaga uçragandik va deyarli butun Belarus 2-3 oy içida boy berilgandi. Tarix köp narsaga örgatadi”, deb aytgan Belarus rahbari.
Uning aytişiça, Belarus va Rossiya “öz raketalarini qöşni davlatlarga qaratmagan, samolyotlari ular hududiga zarba beriş uçun şaylanmagan”. “Biz öz yerimizni himoyalaşga tayyorlanmoqdamiz. Belarus-Rossiya ittifoqiga özga yerlar kerak emas. Özimiznikini eplasak ham katta gap”, deb öz sözlarini nihoyalagan Lukaşenko.












