«2021 yil 12 sentabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 164890 (+526) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 17 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
- 18 nafari Andijon viloyatida,
- 12 nafari Buxoro viloyatida,
- 14 nafari Jizzax viloyatida,
- 10 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 6 nafari Navoiy viloyatida,
- 18 nafari Namangan viloyatida,
- 62 nafari Samarqand viloyatida,
- 15 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 18 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 59 nafari Farg‘ona viloyatida,
- 15 nafari Xorazm viloyatida,
- 83 nafari Toshkent viloyatida,
- 179 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
O‘zbekistonda so‘nggi ikki oyda bundan kam kunlik ko‘rsatkich 17 iyul kuni qayd etilgan - o‘shanda 485ta kasallanish holati ro‘yxatga olingan, 18 iyul kuni kunlik bemorlar soni 541ta yangi holat aniqlangan va shundan keyingi holatlar bundan yuqori bo‘lgan.
Kecha kun davomida:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida 66 nafar,
- Buxoro viloyatida 10 nafar,
- Qashqadaryo viloyatida 12 nafar,
- Namangan viloyatida 21 nafar,
- Samarqand viloyatida 131 nafar,
- Surxondaryo viloyatida 28 nafar,
- Farg‘ona viloyatida 81 nafar,
- Toshkent viloyatida 92 nafar,
- Toshkent shahrida 203 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 157139 (+644) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1159 nafarni tashkil qildi.
















