«Mehnat unumdorliginining oşişi inflatsiyani pasaytirişning eng asosiy omilidir. Yaşil iqtisodiyotga ötiş va boşqa makroiqtisodiy körsatkiçlarning barqarorlaşuvi inflatsiya pasayişiga yordam beradi. Bundan taşqari, oxirgi 4-5 yildan beri körib çiqilayotgan mavzu bor – Jahon savdo taşkilotiga qöşiliş masalasi. Örta muddatli istiqbolda taşkilotga a'zolik ham inflatsiyaning yaxşigina pasayişiga zamin yaratadi. Buni Rossiya va Qozoğiston misolida ham körişimisz mumkinki, JSTga a'zolik bu mamlakatlarda inflatsiyaga bevosita ta'sir ötkazgan. Köpçilik şunday savol bilan murojaat qilyapti: nimaga 5 foiz daraja belgilangan, masalan, 6-7 foiz yoki 3 foiz emas? Bu körsatkiç asosiy savdo mamlakatlarimizdagi inflatsiya darajasidan kelib çiqib belgilangan miqdor. Eng katta savdo hamkorlarimiz Rossiya, Qozoğiston va Turkiya kabi mamlakatlarda örta muddatli inflatsiya darajasi 4-5 foiz atrofida. Biz ham şu davlatlar kabi 5 foizlik körsatkiçga tuşira olsak, milliy valutaga bosim ham kamayadi. Kurs barqarorligi, mehnat unumdorligi, raqobat va erkinlaştiriş inflatsiyaning past darajada uşlab turilişini ta'minlaydigan omillardir», – dedi mutaxassis.