Özbekiston hukumati Balx viloyatining şimolidagi Hayraton çegara ötkaziş punkti orqali Afğonistonga katta miqdorda gumanitar yordam jönatdi. Bu haqda Ariana News ma'lumot bermoqda.

Oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmon va kiyim-keçaklardan iborat bölgan 1,3 ming tonnalik insonparvarlik yordami afğon rasmiylariga topşirilgan.

Özbekiston TIV ma'lumot berişiça, marosimda sözga çiqqan Afğoniston muvaqqat hukumati rasmiy vakili Zabihulla Mujohid butun afğon xalqi nomidan Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevga bugungi sinovli davrda mamlakatga körsatayotgan yuksak e'tibori, qöllab-quvvatlaşi va birdamligi uçun çuqur minnatdorlik bildirgan.

 

Balx viloyati gubernatori Qudratillo Abu Hamzaning sözlariga köra, bu yordam aslida Afğonistonga pandemiya oqibatlarini bartaraf etişga, şuningdek, mamlakatda yuzaga kelişi mumkin bölgan gumanitar va oziq-ovqat inqirozining oldini olişga xizmat qiladi.

Gumanitar yordam butun mamlakat böylab muhtoj afğonlarga tarqatilişi közda tutilgan.

Surxondaryo viloyat hokimligi axborot xizmati gumanitar yordam yuboriş jarayonidan suratlarni e'lon qildi.