Ukraina hukumati mamlakat qabul qilgan afğon qoçqinlarini turmalarda joylaştirişni rejalaştirmoqda. Bu haqda Ukraina Adliya vazirligiga tayanib Apnews naşri ma'lum qildi.
Ta'kidlanişiça, qoçqinlarni turmalarda joylaştiriş ğoyasini Içki işlar vazirligi bildirgan. Bu maqsadda Irpen va Buça şaharlaridagi ikkita turma taklif etilgan, biroq keyinroq ular foydalaniş uçun yaroqsizligi aniqlangan.
Şu sababli Adliya vazirligida afğonlarni joylaştiriş uçun boşqa 3 ta turmani körib çiqiş taklif etilgan.
Ta'kidlanişiça, uşbu masala böyiça qarorni Ukraina Vazirlar Mahkamasi qabul qiladi.
Avvalroq Ukraina migratsiya xizmati Afğonistonning Ukrainaga evakuatsiya qilingan 370 fuqarosi mamlakatda boşpana berilişini söraganini ma'lum qilgan.

















