Afğoniston taşqi işlar vaziri Amir Xon Muttaqiy xorij delegatsiyalari bilan dastlabki uçraşuvlarini ötkazdi. Taşqi işlar vazirligi spikeri Muhammad Nayimning ma'lum qilişiça, Muttaqiy Xitoy va Pokiston delegatsiyalari bilan uçraşgan.

Xabar qilinişiça, Xitoy elçisi Van Yu Afğonistonning yangi hukumatini muborakbod etgan va Xitoy Afğoniston bilan gumanitar, iqtisodiy va siyosiy hamkorlikni davom ettirişini bildirgan.

Muttaqiy koronavirusga qarşi 3,3 mln doza vaksina yetkazib bergani uçun Xitoyga minnatdorlik bildirgan.

U şuningdek, Pokiston elçisi Mansur Ahmad Xon bilan uçraşgan. Uçraşuv davomida Spin Boldak nazorat-ötkazuv punkti va Çaman şahri orqali odamlarning harakatlanişi muhokama qilingan.

Eslatib ötamiz, "Tolibon" ötgan haftada vaqtinçalik hukumat tarkibini e'lon qilgandi.