Apple kompaniyasi yangi iPhone 13 smartfonining taqdimotini ötkazdi. Yangi modelning qator ustunliklari sanab ötildi. Xususan, uning akkumulyatori kun davomida işlaşiga imkon berişi aytildi. Şuningdek, yangi iPhone'da kinomotografiya rejimi mukammalaştirilgan va video olayotganda ranglar, yoruğlik avtomatik töğrilanadi.

Yangi modelni mijozlar xotirasiga qarab tanlaşi mumkin böladi. iPhone 13 Pro modelining 128 gb, 256 gb va 512 gb xotiraga ega turlari sotuvga çiqadi. Flagman modellar uçun 1 terrabayt xotira bölişi aytildi. Eng kuçli 5 yaderli grafik protsessorga ega iPhone grafit, oltin, kumuş va osmonrang tusli yangi körinişlarda ham işlab çiqariladi.

iPhone 13 modeli 999 dollar, iPhone Pro Max esa 1099 dollardan sotuvga çiqarilgan.