Microsoft kompaniyasi asosçisi, multimilliarder Bill Geyts insoniyat 100 kun içida vaksina yarata olsa va yana 100 kun içida undan dunyo aholisini emlaşga yetarli miqdorda işlab çiqara olsa, yangi pandemiyalarga tayyor bölişini aytdi. Biroq uning ta'kidlaşiça, ayni vaqtda uşbu yönalişda yetarli sa'y-harakatlar amalga oşirilmayapti.
“Men hozirda pandemiyaga qarşi kuraşiş böyiça tayyorgarlikka kutganimdan kamroq e'tibor qaratilayotganidan biroz xavotirdaman”, deb aytgan Geyst Wall Street Journal naşriga bergan intervyusida.
Uning aytişiça, insoniyat yangi kasalliklarga qarşi 100 kun içida vaksina yarata olsa va yana 100 kun davomida uşbu vaksinadan butun dunyo aholisini emlaş uçun yetarli miqdorda işlab çiqara olsa, yangi pandemiyalarga tayyor böla oladi.
“Uşbu muammoning yagona yeçimi butun dunyo uçun 100 kun içida yetarli miqdorda vaksinalar işlab çiqara oladigan zavodlar bölişi hisoblanadi. Buni bajarsa böladi”, deb qöşimça qilgan milliarder.
Uning ta'kidlaşiça, turli daromadga ega davlatlar örtasida vaksinalar olişdagi tengsizlik masalasini hal qiliş lozim.
Yanvarda Geyts dunyo koronavirus pandemiyasidan 10 karra yomonroq bölişi mumkin bölgan keyingi pandemiyaga tayyor emasligini aytgan. Uning fikriça, koronavirus zilzila, tornado yoki iqlim özgarişi kabi kundalik turmuşning bir qismiga aylanib böldi va şu sababli davlatlar kelgusida pandemiyalarga tayyor böliş uçun köproq sa'y-harakatlarni amalga oşirmoği lozim.













