Oxirgi yillarda Özbekiston katta quriliş maydoniga aylandi. Sönggi 5 yillikni Renessans va yangi Özbekiston atamalari bilan uluğlayotganda uşbu bunyodkorlik işlarining ayrim aks ta'sirlari ham közga taşlanib qolayotgani e'tirof etildi. Ayniqsa, oxirgi bir yilda aholining qurilişlar tufayli yuzaga kelayotgan ekologik va boşqa noqulayliklar haqidagi e'tirozlari köpaydi. Bunga prezident ham yaqinda ötkazilgan videoselektorda e'tibor qaratdi.
Gap şaharlarning yaşil hududlari va parklar haqida. Kun.uz poytaxtimizdagi rekonstruksiya va qurilişlar tufayli öz faoliyatini töxtatgan ayrim istirohat boğlari sirasiga kiradigan “Döstlik” boği (sobiq “Bobur” boği) aholiga qaytarilayotganidan mamnun va bu yangilikni darhol Toşkent aholisiga yetkazişga oşiqdi.


Boğ qurilişida iştirok etgan quruvçilar brigadasi boşliği Saidkarim Saidaliyev hududda amalga oşirilgan işlar haqida sözlab berdi.
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi Toşkent şahar boşqarmasi rahbari Farhod Dehqonov nafaqat bu boğ, balki boşqa yaşil hududlar masalasiga ham töxtaldi. Har ikki mutaxassisning aynan bir masalaga alohida e'tibor qaratgani örinli: Saidaliyev ham, Dehqonov ham boğ rekonstruksiyasi jarayonida biror daraxat kesilmaganini, daraxtlarga ziyon yetmasligi uçun ayrim holatlarda texnikaning örniga qöl mehnatidan foydalanilganini ta'kidlaşdi. Ya'ni daraxtlar ziç joylarga texnika kirib işlaş imkoniyati bölmagan paytlarda öşa xalal berayotgan daraxtlar kesilib, oson yeçim topilmagan, bil'aks, texnikaning örniga odamlar öşa işlarni bajargan. Albatta, bu qator qiyinçiliklarni keltirib çiqargan va boğni foydalanişga topşiriş muddatiga ham ta'sir ötkazgan, deya ma'lumot berişdi mutaxassislar. Bu işlar moratoriyga qaramay urçib borayotgan daraxtkesarlarga örnak bölişi lozim.


Yana bir arzirli jihat: aytilişiça, bu boğda attraksionlar bölmaydi. Boğ hududi sokin, yaşil makon böladi, şuningdek, oçiq havoda sport bilan şuğullaniş uçun boğning turli burçaklarida futbol, voleybol, vorkaut maydonçalari taşkil etilgan. Va, albatta, boğga kiriş bepul ekani ma'lum qilindi.















