Biologiya va genetika sohasida taşkil etilgan yangi kompaniya Colossal yöq bölib ketgan ba'zi jonzotlarni jonlantiriş böyiça rejalarini taqdim qildi va ularni amalga oşirişni mamontlarni jonlantirişdan boşlamoqçi. Bu haqda CNBC telekanali xabar berdi.

Mamontlarni tiklaş ğoyasi 10 yildan köproq vaqtdan beri muhokama qilinadi. 13 sentyabrda kompaniya özining orzusini röyobga çiqarişga imkon beruvçi qöşimça moliyaviy kömak olganini e'lon qilgan. Kompaniya öz loyihasiga 15 mln dollar yiğa olgan.

Kompaniya olimlarining ta'kidlaşiça, mamontlarni qayta tiklaş Arktikani qutqariş, izdan çiqqan ekotizimlarni tiklaş va iqlim özgarişini sekinlaştirişga yordam beradi. Olimlar 6 yildan keyin tabiatda birinçi mamontning paydo bölişini kutişmoqda.

Colossal tadbirkor Ben Lemm va taniqli genetik olim hamda molekulyar muhandis, Garvard tibbiyot maktabi professori Jorj Çerç tomonidan taşkil etilgan. Bungaça Çerç jamoasi mamont genlarini Osiyo fili terisi hujayralari DNKsi bilan birlaştiriş böyiça tajribalar bilan şuğullangan va Osiyo fili mamontga öxşaşligi sababli bunda ba'zi muvaffaqiyatlarga erişgan. Kompaniyada uşbu tadqiqotlarni davom ettirib, laboratoriya şaroitlarida fil va mamont gibridini oliş rejalaştirilmoqda.  

Loyiha Osiyo fillarini ularga Arktikaning katta hududlarida yaşaşga imkon beruvçi xususiyatlar bilan ta'minlab, saqlab qolişga qaratilgan.

Çerçning ta'kidlaşiça, Osiyo fili yöq bölib ketiş yoqasida turibdi. “Bu turga ikki narsa xavf solmoqda. Birinçisi - bu gerpes virusi, ikkinçisi esa odamlarga yaqinligi. Şu sababli biz bu ikki holatni tuzatib, uşbu turga yangi yaşaş joyini berişga qaror qildik. U yerda katta yerlar bor va deyarli odamzot yöq. Bular Kanadaning şimoliy tumanlari, Alyaska va Sibir”, deb aytgan professor. Irsiy modifikatsiya qilingan Osiyo fili gerpes virusiga qarşi kuraşa oliş va past haroratlarni kötara oliş xususiyatlari bilan ta'minlanadi. Olimlar laboratoriyada olişni möljallayotgan fil mamont kabi körinişga ega böladi va özini u kabi tutadi.