Bolalik va ösmirlik yillarimizda haqiqiy çarmdan qilingan poyabzal topiş biroz muşkul edi. Boriniyam sifati haminqadar bölardi. Sönggi yillarda özimizda işlab çiqarilgan çarm mahsulotlari juda keng tarqaldi. Narx, sifat va bejirimlik kabi omillar xaridorni qoniqtirib tursa, nega mahalliy mahsulotni olmaslik kerak? Bu safar şu soha içida bevosita va bilvosita faoliyat yuritayotganlar bilan suhbatlaşib, sohaning hoziri va istiqboli haqida fikrlaşamiz.
Özbekiston Prezidentining 2018 yil 3 maydagi 3693-sonli qaroriga muvofiq “Özbekçarmpoyabzali” uyuşmasi negizida qayta taşkil etilgan “Özçarmsanoat” uyuşmasi sohada faoliyat yuritib kelayotgan korxonalarga işlab çiqariş va eksport qilişdagi turli masala va muammolarni bartaraf etişda amaliy yordam berib kelmoqda. Uyuşma, şuningdek, çarm sanoati sohasining istiqbolini belgilaş hamda reja va maqsadlarni amalga oşirişda yetakçi taşkilot hisoblanadi.

Sohada işlab çiqarilgan mahsulotlarning umumiy qiymati 2020 yilda 3,6 trillion sömni taşkil etib, 2019 yilga nisbatan 1,4 barobar ösiş qayd etilgan. Çarm mahsulotlarining respublika yalpi içki mahsulotidagi uluşi 0,7 foiz, respublika sanoatidagi uluşi esa, 1,1 foizni taşkil qilgan. Çarm mahsulotlarining eksport hajmi 2020 yilda 401 million AQŞ dollariga teng bölib, 2019 yilga nisbatan 2,1 barobar oşgan. Hozirda sohada yaratilgan iş örinlari 39 mingtani taşkil qilmoqda.
“Özçarmsanoat” uyuşmasi raisi Faxriddin Boboyev va boşqalar taşkilot faoliyati haqida sözlab berişdi.

“Bugungi kunda çarm-poyabzal sohasini rivojlantiriş, uni nafaqat Özbekiston, balki Markaziy Osiyoda, kerak bölsa, dunyo miqyosida drayver sohalardan biriga aylantiriş böyiça prezidentimiz tomonidan aniq vazifa va topşiriqlar belgilab berilgan. Asosiy vazifalardan biri teri xomaşyosi, möyna, jun, qoraköl mahsulotlarini çuqur qayta işlab, qöşilgan qiymat zanjirini yaratib, ulardan yuqori qöşilgan qiymatga ega, eksportbop, içki va taşqi bozor uçun raqobatbardoş tayyor mahsulotlar işlab çiqariş kabi aniq vazifalar belgilab berilgan. Ikkinçi yönaliş esa, import örnini bosuvçi xomaşyo va mahsulotlar turini köpaytiriş va bu borada ham eksport salohiyatini oşirişdir. Yuqoridagi vazifalarni bajariş uçun Investitsiya va taşqi savdo vazirligi bilan birgalikda “Çarm-poyabzal sohasini 2022-2026 yillarda rivojlantiriş va iqtisodiy islohotlarni amalga oşiriş yönalişlari dasturi”ni işlab çiqdik. Dasturda 2022-2026 yillarda sohani isloh qiliş yönalişlari belgilandi, işlab çiqarilayotgan mahsulotlarning turlarini köpaytiriş közda tutilgan. Şuningdek, sanoat kooperatsiyasi aloqalarini kengaytiriş, investitsiya, eksport, sohani raqamlaştiriş masalalari qamrab olingan”, - deydi “Özçarmsanoat” uyuşmasi raisi Faxriddin Boboyev.





















