Loyiha “Köp kvartirali uylarni boşqariş töğrisida”gi Qonunga va Prezidentning 2021 yil 19 iyundagi “Köp kvartirali uy-joylarni boşqariş tizimini yanada takomillaştiriş töğrisida” PQ-5152-son qaroriga muvofiq işlab çiqilgan.

Umumiy mol-mulkni saqlaş böyiça umumiy xarajatlar umumiy mol-mulkni saqlaş, undan foydalaniş va uni ta'mirlaş, şuningdek köp kvartirali uyga tutaş yer uçastkasini obodonlaştiriş bilan boğliq xarajatlardan iboratdir.

Joy mulkdorlarining umumiy mol-mulkni saqlaş böyiça umumiy xarajatlarda iştirok etiş uluşi köp kvartirali uyning umumiy maydonidagi mulkdorga qaraşli joy maydoni uluşiga mutanosib ravişda köp kvartirali uyning kadastr pasportiga muvofiq belgilanadi.

KKUdagi joy mulkdorlarining majburiy badallarini quyidagilarga sarflaş rejalaştirilmoqda:

  • umumiy mol-mulkka xizmat körsatiş, ularni ta'mirlaş va saqlaşga;
  • boşqaruvga (ma'muriy xarajatlar);
  • yer uçastkalarini obodonlaştiriş, ularni saqlaş va boşqarişga.

Öz navbatida, masalan, umumiy mol-mulkka xizmat körsatiş, ularni ta'mirlaş va saqlaş quyidagi işlarni öz içiga oladi:

  • uy tomining gidroizolyatsiya qatlamini tiklaş, hozirgi holatda talab qiladigan joylarni almaştiriş, tomni töliq almaştiriş;
  • uyning fasad qismini rekonstruksiya qiliş yoki uni almaştiriş;
  • lift uskunalarini ta'mirlaş va boşqalar.

Joy mulkdorlarining majburiy badallari miqdori mulkdorlarning umumiy yiğilişi qarori bilan belgilanadi.

Loyiha özgartirilişi, unga qöşimça kiritilişi yoki rad etilişi mumkin.